Jadidlar izidan

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi mamlakatimiz yoshlari orasida jadidlar merosini chuqur o‘rganish, ularning ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish va yosh avlodda vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim madaniy-ma’rifiy tashabbusdir.

Tanlovning tuman (shahar) bosqichlari joriy yilning 17-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan, har bir hududda tanlov o‘tkaziladigan joy manzillari belgilab olindi. Ishtirokchilar va ularning murabbiylari o‘z tuman (shahar)laridagi belgilangan manzillar bo‘yicha tanlovda qatnashadilar.

Mazkur bosqichda ishtirokchilar jadidlar hayoti, ijodi va ularning o‘zbek milliy uyg‘onish harakatidagi o‘rni haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar. Shuningdek, qatnashchilar ijodiy chiqishlar, taqdimotlar va sahna ko‘rinishlari orqali o‘z mahoratini namoyon etish imkoniga ega bo‘ladilar.

Tanlov g‘oliblari keyingi — viloyat bosqichiga yo‘llanma olishadi.

Bu tashabbus yoshlarni tariximiz, ma’rifatparvar ajdodlarimiz hayoti va merosini o‘rganishga ilhomlantiradi, ularning tafakkuri va dunyoqarashini kengaytiradi.

▶️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
▶️ Andijon viloyati
▶️ Buxoro viloyati
▶️ Jizzax viloyati
▶️ Qashqadaryo viloyati
▶️ Navoiy viloyati
▶️ Namangan viloyati
▶️ Samarqand viloyati
▶️ Sirdaryo viloyati
▶️ Surxondaryo viloyati
▶️ Toshkent viloyati
▶️ Farg‘ona viloyati
▶️ Xorazm viloyati
▶️ Toshkent shahri

Республиканский конкурс «По следам джадидов», организуемый Министерством дошкольного и школьного образования Республики Узбекистан, направлен на то, чтобы углубить знания молодежи о наследии джадидов, популяризировать их просветительские идеи и укрепить чувство патриотизма у подрастающего поколения.

Районные (городские) этапы конкурса пройдут 17 октября текущего года. В связи с этим в каждом регионе определены конкретные адреса, где состоятся конкурсные мероприятия. Участники и их наставники смогут принять участие в своих районах или городах по указанным адресам.

На этом этапе конкурсанты продемонстрируют свои знания о жизни, творчестве и вкладе джадидов в национальное пробуждение узбекского народа. Кроме того, участники представят творческие выступления, презентации и сценические постановки, отражающие их понимание темы.

Победители данного этапа получат право участия в следующем — областном этапе конкурса.

Этот проект вдохновляет молодежь изучать историю своей страны, жизнь и наследие просветителей-джадидов, способствует расширению их кругозора и развитию мышления.